Koʻchmas mulkni baholash nima uchun kerak
Baholash hisoboti obyektning muayyan sanadagi bozor qiymatini tasdiqlaydi. Uni banklar ipoteka va garovda, notariuslar meros va hadyada, sudlar mulkni boʻlishda talab qiladi.
Qiymatga nimalar taʼsir qiladi
Tuman va transport qulayligi, maydon, qavat, taʼmir holati, uyning qurilgan yili va obyektning yuridik tozaligi.

